Hasanboy Do'smatov kechagi g'alabasidan qancha pul ishlab oldi?

Eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Hasanboy Do'smatov kecha Toshkentda o'tkazilgan "IBA CHempionlar oqshomi"ning markaziy jangida ringga chiqqan edi. Musobaqaning markaziy jangida ishtirok etgan Do'smatovga turnirda Ispaniya vakili Samuel Karmona raqiblik qildi. IBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgan Do'smatov ushbu jang orqali avval elon qilinganidek, 350 ming AQSH dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarga ega chiqdi. Agarda hamyurtimiz raqibini 5-raundga qadar nokautga uchratganida, IBA prezidenti Umar Kremlyovning maxsus sovg'asi - "Gelendvagen" avtomobiliga ham ega chiqishi mumkin edi.