Livandagi “Hizbulloh” guruhi Isroilning Nahariya shahriga raketa zarbalari berdi

“Hizbulloh” guruhi 2-aprel kuni “Hizbulloh” shimolidagi Nahariya shahriga raketa hujumlari uyushtirdi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar qildi. Manbada aytilishicha, Livandagi guruh Nahariya hududiga, xususan, Gesher Haziv aholi maskaniga Katyusha qurilmasidan bir qator zarbalar bergan. Hujumlar Livanning janubi-g‘arbiy qirg‘oqbo‘yi hududlaridan yo‘naltirilgan. “Hizbulloh” rasmiylarining bildirishicha, bu hujum Isroilning janubiy Livan qishloqlari va tinch aholi uylariga uyushtirgan hujumlariga javoban tashkil etilgan. Oldinroq, Isroil janubiy Livandagi Yarin shahriga zarba bergan edi. Oqibatda bir nafar ayol halok bo‘lgan. Isroilning Channel 12 telekanali Nahariya hududida havo hujumiga qarshi ogohlantiruvchi sirenalar ishga tushganini xabar qilgan. Isroil milliy tez yordam xizmati esa raketa hujumi oqibatida jarohatlangan yoki qurbonlar bo‘lmaganligini aytgan.