Namanganlik 108 yoshli nuroniyga prezident nomidan Traverse sovg‘a qilindi

Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurgani va u yerda o‘tkazilgan iftorlikda ishtirok etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Namangan24” kanalining yozishicha, iftorlikda ishtirok etgan 108 yoshli otaxonga davlat rahbari nomidan avtomobil sovg‘a qilingan. Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Namangan tumanidagi Mullakuding qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 108 yoshli Ibrohimjon ota Xo‘jayev davlat rahbari haqiga duoda bo‘lgandi. Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan prezident nuroniy Ibrohimjon hoji ota Xo‘jayevga Traverse avtomashinasini tuhfa qildi