Crocus’dagi teraktda ayblangan to‘rt kishi hibsga olindi. Ular haqida nimalar ma’lum?

Dalerjon Mirzoyev — 32 yosh, Tojikiston fuqarosi, oilali, to‘rt nafar voyaga etmagan farzandi bor. Novosibirskda uch oylik ro‘yxatdan o‘tgan, lekin muddati tugagan. Rossiyada rasmiy ravishda ishlamaydi. Aybini tan olgan. Saidakrami Rachabalizoda – 1994-yilda tug‘ilgan (30 yosh), Tojikiston fuqarosi, oilali, farzandi bor. Ro‘yxatdan o‘tgan, lekin qayerda ekanini eslay olmadi. Aybini tan olgan. Shamsidin Fariduni — 1998-yilda tug‘ilgan (25 yosh), Tojikiston fuqarosi, oilali, sakkiz oylik farzandi bor. Krasnogorskda ro‘yxatdan o‘tgan, zavodda ishchi sifatida ishlagan Muhammadsobir Fayzov — 2004-yilda tug‘ilgan (19 yosh), Tojikiston fuqarosi, uylanmagan, farzandi yo‘q. Ivanovoda ro‘yxatdan o‘tgan va ilgari sartarosh bo‘lib ishlagan.