Marhamat tumani Markaz hududida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Marhamat tumani Markaz hududida yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanib kelayotgan haydovchilar o’rtasida “yo’l harakati qoidalari”ga doimo rioya qilib yurishligi to’g’risida profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. ‼️Bundan tashqari, ushbu joyda o’rnatilgan taqiqlovchi 3.27 “to’xtash taqiqlanadi” yo’l belgisiga amal qilmayotgan haydovchilarga qonun doirasida tegishli tartibda chora ko’rildi. Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati