Apple kompaniyasi maxsus Beats Fit Pro quloqchinlarini taqdim etdi

Apple kompaniyasi Amerikaning sport brendi Alo Yoga bilan hamkorlikda Beats Fit Pro quloqchinlarining yangi versiyasini taqdim etdi. 4-apreldan boshlab mazkur quloqchinlarni Apple va Alo Yoga rasmiy saytlarida Black Sparkle rangida 200 dollarga xarid qilish mumkin.Ushbu model Beats Fit Pro’ning oddiy versiyasidan farq qilmaydi. Yangi mahsulot H1 protsessori, shovqinni kamaytirish tizimi va “shaffof” rejimga ega.Shuningdek, Beats Fit Pro bosh harakatini kuzatish, IPX4 standartiga ko‘ra namlikdan saqlovchi himoya funksiyasiga ega. Gadjet jismoniy mashg‘ulotlar paytida quloqchinlarni quloqda mahkam ushlab turadigan moslamaga ham ega. Beats Fit Pro quloqchinlari nafaqat iPhone egalari uchun, balki Android foydalanuvchilari uchun ham mos keladi. Quloqchinlar quvvatlanmasdan 7 soat davomida uzluksiz ishlashi mumkin, keysdan foydalanganda esa uning ishlash muddati 30 soatgacha yetadi.