Andijonda soxta bankir qo‘lga tushdi

Muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.X. fuqaro S.R.ga o‘zini go‘yoki TIF “Milliy bank” Andijon viloyati filiali xodimi deb tanishtirib, ushbu bankda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 mln so‘m evaziga 500 mln so‘m ipoteka krediti ajratib berishini aytib,  ushbu pullar hisobidan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.