Nursulton Ro‘ziboyev top jangchilar qatoriga kira olmadi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev o‘rta vazn (83,9) toifasida yangilangan reytingda 22-o‘rindan joy oldi. U shu yilning 31 mart sanasidagi so‘ngi jangida amerikalik Sedrik Dyumani texnik nokautga uchratib g‘alaba qozongan edi, biroq bu g‘alaba uni kuchli o‘n beshtalikka kirishiga kamlik qildi. Ma’lumot o‘rnida, 30 yoshli o‘zbekistonlik sportchi shu kungacha jami 44 ta jang o‘tkazib, shulardan 34 tasida g‘alaba qozongan, 2 ta jangida esa durang qayd etilgan. 8 ta to‘qnashuvda esa Ro‘ziboyev mag‘lubiyatga uchragan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning jangi bekor qilingani xabar qilingandi.