Rossiyadagi birinchi raqamli "qonundagi o‘g‘ri" qamoqdan chiqd

"Shakro Molodoy" laqabi bilan tanilgan Rossiyadagi birinchi raqamli "qonundagi o‘g‘ri" (Vor v zakone №1) qamoqdan ozod etildi. U 2018 yilda 9 yil-u 10 oyga qamalgan edi. "Shakro Molodoy" Rossiya jinoiy dunyosining eng qudratli vakillaridan biri hisoblanadi. U 2013 yildan beri birinchi raqamli "qonundagi o‘g‘ri" maqomida faoliyat olib boradi. U o‘zining jinoiy faoliyati davomida Ispaniyada ham bir nechta jinoyatlarni amalga oshirgani uchun 7,5 yil "o‘tirib chiqqan".