“Bu muhabbat va nafrat kurashiga o‘xshardi”. Xonanda Shakira Pike bilan ajrashganidan keyingi hayoti haqida

“Bu muhabbat va nafrat kurashiga o‘xshar edi, chunki har safar studiyaga borganda ishlarim muvaffaqiyatsizlikka uchrardi. Men bolalarimni qarovsiz qoldirayotgandan xotirjam emas edim. Ba’zan bajarayotgan ishim menga umuman yoqmagan paytlar ham bo‘lgan. Muhabbat uchun men ko‘p narsani qurbon qilishga majbur bo‘ldim. Hozir esa barchasi o‘zgardi, endi menga yanada qiyinroq bo‘ldi. Chunki ikki nafar voyaga yetmagan bola uchun bir o‘zim javobgarman. Uyida yordam beradigan turmush o‘rtog‘i yo‘q, yolg‘iz onaga aylanganman. Qaysidir ma’noda turmush o‘rtog‘imning biz bilan birga emasligi ham yaxshi, chunki… U meni orqaga tortar edi. Bugun esa men yana o‘z ishimga qaytdim, ko‘p qo‘shiqlar yozmoqchiman, yangi taronalar yaratmoqchiman, — deydi Shakira Apple Music’ning YouTube kanalida chiqqan videosida. Xonanda bilan intervyu Shakiraning so‘nggi yetti yil ichida chiqishi kutilgan “Ayollar boshqa yig‘lamaydi” (Las Mujeres Ya No Lloran) nomli albom taqdimoti arafasida qilingan. Pike va Shakiraning ajrashgani 2022-yil iyunda ma’lum bo‘ldi. Ajrimga futbolchining ko‘plab xiyonati sabab bo‘lgani xabar qilingan. Ular 2011-yildan birga yashab kelgan va hozirda Milan va Sasha ismli ikki nafar farzandi bor. Keyinroq Shakira Pikening xiyonati haqida qayerdan xabar topganini aytib berdi. Futbolchi reanimatsiyada yotgan vaqt Shakira uning xiyonati haqida ommaviy axborot vositalarida o‘qib qolgan.