Rossiyaga ketayotgan oʼzbekistonliklardan oʼzlari bilan isiriq olmaslik soʼraldi

Uzbekistan Airways Rossiya Federatsiyasi shaharlariga joʼnab ketayotgan yoʼlovchilardan oʼzlari bilan isiriq olmaslikni soʼradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining Farmoniga koʼra, harmala (isiriq) oʼsimligi Rossiyada giyohvand moddalarni oʼz ichiga olgan va nazorat qilinadigan oʼsimliklar roʼyxatiga kiritilgan. Isiriqni mamlakatga olib kirish bilan bogʼliq barcha harakatlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.