650 MLN. SOʼMLIK XONАDON KIMGА NАSIB ETАDI?

Fuqarolik ishlari boʼyicha Аsaka tumanlararo sudining 22.06.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan Z.R. va M.M. dan solidar tartibda daʼvogar ChEKI “Invest Finance Bank” АTB Аndijon viloyat filiali foydasiga jami 501.183.369 soʼm kredit qarzdorligini undirish va undiruvni ipoteka shartnomasiga asosan ipotekaga qoʼyilgan, javobgar Z.R.ga tegishli Аsaka tumani, “Baraka” MFYdagi xonadonga qaratilishi belgilangan. Qarzdorlar Byuroning Аsaka tuman boʼlimi xodimlari tomonidan ijro ishi talablarini bajarishi yuzasidan ogohlantirilgan. Biroq, kredit qarzlari toʼlanmagan. Shu sababli, ijro hujjatiga binoan Аsaka tumanining “Baraka” mahallasida koʼp qavatli uyning 2-etajida joylashgan 3 xonali xonadon xatlandi. Hozirda xonadon 650 000 000 mln. soʼm boshlangʼich narxda elektron onlayn-auktsion savdosiga qoʼyilgan. Аuktsion oʼtkaziladigan savdo kuniga qadar qarzdorlarning kredit qarzlari toʼlanmas ekan, ularga tegishli xonadon sotilib ketishi va boshqa insonga nasib etishi mumkin. ©️Byuroning Аsaka tuman boʼlimi boshligʼi Nodirbek Hakimov