Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savollarga javob berdi.

“Balki, hech qachon faoliyatimni yakunlamasman. O‘lgunga qadar jang qilmoqchiman. Meni yerga qo‘yishganidan so‘ng to‘xtashim mumkin. Albatta, men 40 yoshimda 19 yoshli vunderkindlar singari jang qilmoqchimasman. Lekin har doim menga chaqiriq tashlovchilar bo‘lishi, tabiiy. Mening jang tariximga boqing — biz trilogiyalar, revanshlar va yangi janglar tashkil qilishimiz mumkin. U yigitlar men bilan tengdosh. Agar tomoshabinlarga bu qiziq bo‘lsa, nega endi qilmaslik kerak? So‘nggi nafasimgacha bu sport bilan shug‘ullanmoqchiman”, — deydi Makgregor. Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 2021-yil iyul oyi Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Porye texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.