O‘zbekistonlik velopoygachilar Shveysariyadagi turnirda 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

elotrek bo‘yicha Tashkent City Women Professional Cycling Team jamoasi Shveysariyadagi Life’s An Omnium Madison musobaqasida ishtirok etdi. Ushbu turnirda o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shiddatli ruhda kechgan bellashuvlarda Nafosat Koziyeva ochkolar poygasi, Margarita Misyurina esa sprint dasturida tengsiz bo‘ldi. Ochkolar poygasi: Nafosat Koziyeva (O‘zbekiston) — oltin Martina Alzini (Italiya) — kumush Valentina Zanzi (Italiya) — bronza. Sprint: Margarita Misyurina (O‘zbekiston) — oltin Alina Zeyts (Shveysariya) — kumush Ori Bash (Isroil) — bronza.