Samarqanddagi kanaldan ikki bolaning jasadi topildi

Toyloq tumanidagi «Dargʻom» kanalidan 4 yoshli qiz va 1 yoshli bolaning jasadi topildi. Qayd etilishicha, Urgut tumanida yashovchi fuqaro N.M. 15 aprel kuni viloyati IIBga murojaat qilgan. Unda Samarqand shahrining «Vatanparvar» mahallasida yashovchi kelini I.Ya. 2 nafar farzandi — 4 yoshli qizi va 1 yoshli oʻgʻli bilan oʻsha kuni soat 15:00 atrofida uyidan noma'lum tomonga chiqib ketganini ma'lum qilgan. 16 aprel kuni soat 08:00 atrofida «Dargʻom» kanalining Toyloq tumanidan oqib oʻtuvchi qismida voyaga etmagan A.N. va M.N.ning murdasi topilgan. 24 yoshli ayolni esa viloyat FVB, IIB va boshqa idoralar bilan hamkorlikda topish choralari koʻrilmoqda.