Ertaga Andijonda marafon

Juma - Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti kuni" munosabati bilan Andijon shahrida “Velomarafon” bo‘lib o‘tadi! O‘zbekiston RespublikasJuma - Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti kuni" munosabati bilan Andijon shahrida “Velomarafon” bo‘lib o‘tadi! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qarori bilan xaftaning har jumasi yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti kuni etib belgilangan. Shunga ko‘ra, joriy yilning 29 mart kuni "Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" maqsadida Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, viloyat Yoshlar agentligi, Bolalar sport boshqarmasi, “Vatanparavar” avtomaktab o‘quv tashkiloti hamda boshqa bir qator hamkor tashkilotlar, shuningdek, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilar ishtirokida “Velomarafon” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan. Tadbir o‘tkaziladigan joy: Andijon tumani, “Jahonobod” MFY hududidagi 32-YPX maskan oldidan, Yangi Andijon shaharchasidagi 1-sonli maktab oldiga qadar. Boshlanish vaqti: soat 09:00