ANDIJON SHAHRIDA O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN 77,6 SOTIX YER MAYDONI DAVLAT ZAXIRASIGA QAYTARILD

Biroq, joylarda yer uchastkalaridan noqonuniy foydalanish va o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari uchramoqda. Andijon shahrining, Bo‘ston dahasida joylashgan bir qancha xonadon egalari ham ancha yillardan buyon uylarining old qismini beton devor bilan o‘rab olib, turli maqsadlarda foydalanib kelgan, baʼzilari esa dov-daraxtlar bilan to‘sib qo‘yilgan. Noqonuniy egallanib, foydalanib kelinayotgan yer maydonlarini shahar hokimligi zahirasiga qaytarilishi bo‘yicha Kadastr agentligining Andijon shahar bo‘limi sudga daʼvo ariza kiritgan bo‘lib, qanoatlantirilgan arizalar asosida ijro hujjatlari ijro etish uchun Byuroning hududiy bo‘limiga yuborilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 15 ta ijro hujjatiga binoan, Andijon shahrining A.Yassaviy mahallasi, Loyihaviy va A.Yassaviy ko‘chalarida joylashgan 15 ta xonadonning old qismidagi yig‘ma beton devor va dov-daraxtlar javobgar fuqarolarning hisobidan buzdirilishi va yer maydonlari shahar hokimligi zaxirasiga qaytarilishi belgilangan. Byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan xonadon egalari ixtiyoriy ravishda noqonuniy qurilmalarni buzishi yuzasidan ogohlantirilgan, ixtiyoriy muddatlar berilgan. Biroq, 7 nafar xonadon egalarigina uyining old qismidagi temir panjara va devorlarni ixtiyoriy buzishga kirishgan. Ijro hujjatlarining ijrosini to‘liq taʼminlash maqsadida mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida majburiy ijro harakatlari olib borildi va noqonuniy egallab olingan jami 7760 kv.m yer maydonlariga qurilgan noqonuniy qurilmalar buzdirilishi taʼminlandi