ULUGʻNORDA 5 YILLIK ALIMENT PULLARI TOʻLAB BERILDI

Alimentlarni oldindan toʻlash tartibi joylarda tushuntirib borayotganligi oʻz samarasini berib, aliment toʻlovlarini oldindan toʻlash istagini bildirayotgan otalar soni ortib bormoqda. Ulugʻnor tumani, Mingbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi J.X. bir nafar oʻgʻli uchun aliment toʻlab kelayotgan edi. Amaldagi tartibga koʻra, sudning ijro hujjatiga binoan qarzdorning mamlakat hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Oldindan, eng kami 5 yil muddat uchun aliment toʻlash mumkinligi Byuro xodimlari tomonidan tushuntirilgach J.X. farzandi uchun 5 yillik aliment pullarini toʻlab berdi. 2029 yilga qadar hisoblangan 91,3 mln. soʻm miqdoridagi aliment pullari oldindan toʻlangani bois, sudning ajrimi bilan qarzdor J.X. ga qoʻyilgan taqiqlar bekor qilindi. ©️Byuroning Ulugʻnor tuman boʻlimi davlat ijrochisi Sherzodbek Mamutaliev