“ARENDA”GA OLINIB, SOTIB YUBORILGAN MASHINA QIDIRIB, TOPILDI

Andijon viloyati, Marhamat tumanida yashovchi ayol E.A. qarindoshi X.A.ga o‘ziga tegishli bo‘lgan “Neksiya DONS” rusumli avtomashinasini ijraga bergan. Biroq, bir muddat o‘tgach mashinaning ijara to‘lovlari ham to‘lanmagan va ayol o‘z mashinasini qaytarib ololmagan. Shundan so‘ng, E.A. sudga murojaat etib, mulkini noqonuniy egalikdan talab qilib olish bo‘yicha ariza kiritgan. Sudning qaroriga binoan, X.A.dan “Neksiya DONS” rusumli avtomashina E.A.ning egaligiga olib berilishi belgilangan. Byuroning Marhamat tuman bo‘limi tomonidan sud qarori ijrosi yuzasidan avtomashinaga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida X.A. avtomashinani boshqa bir shaxsga sotib yuborganligi maʼlum bo‘lgan. To‘plangan maʼlumotlarga asosan qidiruv harakatlari davom ettirilib, E.A.ga tegishli “Neksiya DONS” rusumli avtomashina Andijon sharidan topib keltirildi va o‘z egasiga topshirildi. ©️Byuroning Marhamat tuman bo‘limi davlat ijrochisi Nodira Hakimova