Yoqilg’i-Energetika sohasidagi o’zgarishlar

Iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 16-aprel sanasida 204-sonli qaror qabul qildi. Ushbu qaror loyihasida isitish mavsumida aholining ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya berilishi nazarda tutilgan ya’ni, Ijtimoiy himoya milliy agentligi AT “Xalq banki” bilan birgalikda noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beradi. Shuningdek, tabiiy gaz uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha, elektr energiyasi uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha yuqoridagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib berilishi nazarda tutilgan. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, aholining ehtiyojmand oilalarida bank plastic kartalari mavjud bo’lmagan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari AT “Xalq banki” bilan birgalikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga muvofiq 2024-yil 1-noyabrga qadar bank plastik kartasi mavjud bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar vakiliga bepul asosda plastik kartalar ochib berilishini ta’minlanishi ko’rsatib o’tilgan. Vazirlar Mahkamasining 204-qarori 2-ilovasiga muvofiq 2024-yil 1-maydan boshlab aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari ko’rsatib o’tilgan. Bunda elektr energiyasi bir oylik bazaviy me’yori 200 kvt soat deb belgilandi hamda ushbu miqdorgacha bo’lgan har bir kvt uchun narx 450 so’mni tashkil etadi. Keyingi o’rinda tabiiy gazning bazaviy me’yori mavsumga va hududlarga qarab o’zgarishi belgilangan. Ya’ni, isitish mavsumlarida Qo’raqalopoq Respublikasi va Xorazm viloyatida oktabr-fevral oylarida, boshqa hududlarda esa tabiiy gazning bazaviy me’yori noyabr-fevral oylarida har oy uchun 500 kub metr deb belgilandi. Boshqa mavsumlarda esa Qo’raqalopoq Respublikasi va Xorazm viloyatida mart-sentabr oylarida, boshqa hududlarda esa tabiy gazning bazaviy me’yori noyabr-fevral oylarida har bir oy uchun 100 metr kubligi ko’rsatib o’tilgan va gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lganda tabiiy gazning 1 kub metr uchun 650 so’mlik tarif belgilandi.


Oltinko’l tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti
O`.Q.Mamajonov