Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini pedagogika kasbiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish.

Oltinko’l tumani Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristko’nsulti F.Inomov
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-aprel sanasidagi 242-sonli “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari” to’grisidagi qarori kuchga kirdi. Ushbu qarordan asosiy maqsad o’quvchilarda boshlangich pedagogik-psixologik bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, pedagog kasbini ongli tanlash uchun sharoit yaratish, pedagog kasbiga qiziqishni oshirish va uning maqomini jamiyatdagi o’rni to’g’risidagi tasavvurlarni kengaytirish pedagogik sinflarni tashkil etish hisoblanadi. Pedogogik sinflarning asosiy vazifasi etib pedagogika oliy ta’lim muassasalari yoki professional ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish istagida bo’lgan o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, o’quvchilar tomonidan boshlangich pedagogik-psixologik bilim va ko’nikmalar o’zlashtirilishini ta’minlash shuningdek, o’quvchilarda pedagogik faoliyat to’grisida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish, pedagog kasbini ongli anglash va bu kasbga o’zining kelajagini boglash bo’yicha metodik yondashuvlarni amalga oshirishdan iborat hisoblanadi. Pedagogik sinflarda o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda 10-sinfdan pedagogik sinf faoliyati yo’lga qo’yiladi hamda unga 25 nafardan ko’p bo’lmagan o’quvchilar qabul qilinadi. Talab va ehtiyojdan kelib chiqib, qo’shimcha pedagogik sinflar tashkil etilishi mumkin. Pedagogik sinflardagi o’quvchilarga ikki o’quv yili davomida jami 136 soatlik pedagogik kasbi bilan bog’lik, o’quv dasturi asosida ta’lim beriladi. O’quv-tarbiya jarayonari bir o’quv yili davomida 34 hafta etib belgilandi va har-bir dars mashg’ulotlarining davomiyligi 45 daqiqa, dars mashg’ulotlari oralig’idagi tanafus 5 – 10 daqiqaligi ko’rsatib o’tilgan. O’quv jarayonlarini nazorat qilish maktab direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. O’quvchilarning pedagog kasbiga oid bilim va ko’nikmalarini aniqlash va nazorat qilish uchun joriy nazorat, oraliq nazorat, bosqichli nazorat va yakuniy nazorat shaklida o’tkazib boriladi. Ushbu nazoratlarning baholash mezonlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.