Asad Algoni ukasi o'zini Lezviyada kesib tashladi!

Qayd etilishicha, joriy yilning 25 mart kuni kechasi Chilonzor tumanida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tuman IIO FMB xodimlari 7 nafar fuqaroni tinchlantirib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yaqin oradagi IIBga olib borayotgan vaqtida, ular ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan. Ayni paytda ushbu fuqarolarning ayrimlari nomaʼlum moddadan mastlik holatida bo‘lgani ham sezilgan. Holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.