Namanganda rahbar va sobiq menejer korxonani qasddan bankrotlikka olib kelgani aniqlandi

Qayd etilishicha, departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘lim tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “B.F.” MCHJ rahbari N.M. va “A.” MCHJning Namangan filiali sotuv bo‘limi sobiq menejeri G.I. dori vositalarini naqd pulga sotishdan tushgan 6,7 milliard so‘mni nazorat kassa mashinasidan o‘tkazmasdan “B.F.” MCHJni to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirgani, shuningdek “A.” MCHJ va boshqa MCHJlarga 3,4 milliard so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Yanvar boshlarida Surxondaryo viloyati Termiz tumanida rahbar qarzlarni to‘lamaslik uchun o‘z korxonasini bankrotlikka olib kelgani ma’lum bo‘lgandi.