AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan

AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan Foto: AP Millionlab amerikaliklarning onlayn hisoblari xitoylik hakerlarning kiberhujumiga uchragan. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosi xabar berdi. Hozirda 7 nafar Xitoy fuqarosi 14 yil davom etgan kiberhujum kampaniyasiga aloqadorlikda ayblanmoqda. AQSH Davlat departamenti ushbu shaxslar haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar miqdorida mukofot e’lon qildi. AQSH Adliya vazirliga ko‘ra, kiberjinoyatchilar nafaqat amerikaliklarni, balki boshqa biznesmenlar va siyosatchilarni ham nishonga olgan. Ular tomonidan yuborilgan 10 mingdan ortiq "zararli elektron pochta xabarlari” turli hududlardagi minglab insonlarga ta’sir qilgan. AQSH Adliya vazirligi buni Xitoy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “global xakerlik operatsiyasi” deya ta’riflagan.