Xavi fikridan qaytdimi? Murabbiy savolga aniq javob berdi!

“Barselona” ustozi Xavi yozda jamoa qanday natijaga erishishidan qatʼiy nazar ketishini maʼlum qildi. «Men klub prezidenti, direktoridan minnatdorman. Biroq mening qarorim o‘zgarmaydi. Qanday natija bo‘lishidan qatʼiy nazar ketaman. Barchaga rahmat, ular men uchun ko‘p ishlarni amalga oshirishdi». — dedi Xavi. Eslatib o‘tamiz, Xavi yanvar oyida klubdan ketishini maʼlum qilgandi. Keyinchalik Joan Laporta Xavini klubda olib qolishga harakat qilishini aytgandi.