Sudyalar oliy kengashi Botir Qodirov va Joʻraevlar oilasi sud ishi boʻyicha bayonot berdi

Fuqarolik nizosi taniqli shaxslar oʻrtasida kechayotgani hamda marhum va mashhur inson hayoti bilan bogʻliqligi bois voqealar rivoji keng jamoatchilik tomonidan katta e'tibor bilan kuzatayotgani, ayni jarayonda ish boʻyicha taraflarning holatiga tushunish bilan munosabatda boʻlish mumkin. Biroq nizo sudlashish darajasiga etib, prosessual jarayonlar davom etayotgan bir paytda taraflar (yoki ularning vakillari) tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Tarmoqlardagi muhokamalarda hali yakuniga etmagan ish boʻyicha turli bashoratlarga berilishlar, suddan avval “qaror chiqarib qoʻyish” holatlari mavjud , eng yomoni, nizo sudda xolis va begʻaraz koʻrilishiga asossiz shubhalar ham bildirilmoqda. Bularning hammasi sudga nisbatan ijtimoiy bosim paydo qilayotganiga ta'kid shart emas. Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati, mavjud vaziyatdan kelib chiqib, ish boʻyicha taraflarni turli shakl va koʻrinishda bayonot berishdan tiyilishga, jurnalist va blogerlarni esa shaxsga oid ma'lumotlar hamda sud ishiga doir axborotlarni tarqatishdek nozik va hassos masalaga mas'uliyat bilan yondoshishga chaqiradi, deyiladi bayonotda.