Gollivud aktyori Timoti Shalame kino prokati bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

Timoti Shalame AQSH kino prokatida eng yuqori o‘rinni egallagan va qisqa vaqt ichida butun jahon kino sanoatida katta daromadga ega bo‘lgan filmlarda suratga tushish orqali Jon Travoltaning rekordini yangiladi. Ushbu noodatiy rekordGap shundaki, Timoti Shalame bosh rolni o‘ynagan “Dyuna. Ikkinchi qism” (2024-yil, mart) va “Vonka” (2023-yil, noyabr) filmlari prokati butun dunyo bo‘ylab yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Rekordni hisoblashda bosh qahramoni bo‘lmagan Marvel olami filmlari istisno qilindi. Avvalroq qisqa vaqt ichida ikkita filmda yuqori natijalarga erishish Jon Travoltega nasib qilgan. U “Shanba kechasidagi isitma” (1977-yil, dekabr) va “Briolin” (1978-yil, iyun) kabi filmlarda bosh rolni ijro etgan va ikkala asar ham o‘z davrining eng muvaffaqiyatli filmlaridan biriga aylangan.ga IndieWire portali e’tibor qaratdi deb yozadi “Pravila jizni” nashri. Hozirda aktyor Timoti Shalame Bob Dilan haqidagi “Noma’lum inson” filmida suratga tushish ishlarida qatnashmoqda. Film rejissyori Jeyms Mengold avval “Ford Ferrariga qarshi” filmi bilan shuhrat qozongan edi. “Vonka” bugungi kunda jahon prokatida 628 million dollardan ortiq, “Dyuna. Ikinchi qism” esa ilk haftalarda 500 million dollardan ortiq daromad keltirdi.