Tojikistonda folbin va tabiblar qo‘lga olindi

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida quyidagi fuqarolari qo‘lga olingan: Rahim Ibrohimov (taxallusi Domullo Abdurahim), 66 yosh; Nargis Gurbanova, 50 yosh; Idimox Nazarova, 59 yosh; Xoldan Qulchakova, 66 yosh; Nargis G‘oyibnazarova, 50 yosh. Ularning barchasidan sehrga oid buyumlar musodara qilingan. Mazkur firibgarlar guruhi sehr-jodu yo‘li bilan davolanishni taklif qilib, ko‘plab fuqarolarning ishonchini qozongan. Bu esa xalqning mablag‘ yo‘qotishiga olib keladi va ularni zamonaviy tibbiyotga murojaat qilishdan chalg‘itadi, — deyiladi xabarda. Mazkur shaxslarga nisbatan jodugarlik va folbinlik bilan shug‘ullanganliklari uchun Tojikiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksining 482-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Ular 3 million 306 ming so‘mdan 4 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin. Shuningdek, ularning xatti-harakatlari qonunga muvofiq qabul qilinmasligi haqida ogohlantirilgan.