O‘zbekiston fevral oyida 1,3 mlrd dollarlik oltin sotdi

Qayd etilishicha, bu 2023-yilning yanvar-fevral oylaridagi ko‘rsatkichdan (1,18 milliard dollar) 11,5 foizga ko‘p demak. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari esa kamaygan. Qimmatbaho metallar mamlakat eksportining 36,3 foizini tashkil qiladi. Sanoat tovarlarining eksportdagi ulushi ularni xorijga sotish hajmining 613,4 million dollardan 610,7 million dollargacha kamayishi va boshqa toifadagi tovarlar eksportining oshishi fonida 19,2 foizdan 16,8 foizga keskin pasaygan. Mashina va transport uskunalari ulushi ham 4,4 foizdan 3,5 foizga (142,1 million dollardan 128,2 million dollarga) kamaygan. Kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish 2,9 baravarga — 155,8 dan 240,9 million dollarga (ulushi 4,9 foizdan 6,6 foizgacha) oshgan. Oltinsiz eksport hajmi o‘tgan yilning yanvar—fevraliga nisbatan 14,9 foizga oshib, 2,3 milliard dollarni tashkil etgan. Avvalroq O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 9,9 milliard dollardan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston 2023-yilda rekord darajada — 8,1 milliard dollarlik oltin eksport qilgan.